“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Muborak tumanida joylashgan “S.E.G.” MCHJning ishlab chiqarish korxonasi reaktiv quvvatni kompensasiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 940-sonli Qonunning 45-moddasiga ko‘ra 169,4 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
1️⃣Ma’lumot o‘rnida: Reaktiv quvvat kompensasiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish yoki unga rioya etmaslik – asbob uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.