Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eldor Shomurodov: Jamoa bilan bir oilamiz va umid qilamanki, birgalikda maqsadimizga erishamiz

A A A
Eldor Shomurodov:  Jamoa bilan bir oilamiz va umid qilamanki, birgalikda maqsadimizga erishamiz

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov JCh 3-saralash bosqichi 1-turidan o‘rin olgan KXDR bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Uzoq tanaffusdan so‘ng biz uchun asosiy bosqich boshlandi. Hammamiz tayyormiz.

Oldingi JCh saralashlarida yosh futbolchi sifatida qatnashganman. Bu safar tajribali futbolchilar qatoridaman va ko‘proq yuk borligini his qilyapman. Avvalgi xatolarni o‘ylab ko‘rishga yetarli vaqt bo‘ldi. Jamoa bilan bir oilamiz va umid qilamanki, birgalikda maqsadimizga erishamiz.

O‘zbekiston milliy jamoasiga chaqirilgan barcha doim bor kuchim bilan harakat qiladi. Barchaning orzusi — jahon chempionatiga chiqish. Borimizni beramiz»,

Kiritildi: 18:52 04.09.2024. O'qildi: 1738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!