Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir” klubi bugun Avstriyadagi yig‘in doirasida “Fortuna Dyusseldorf”ga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Mazkur bahs 1:0 hisobida turkiyalik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol O‘mer Faruk Beyaz hisobiga yozildi.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bahsni zaxiradan boshlab, 70-daqiqada o‘yinga qo‘shildi va jamoasiga g‘alaba keltirgan golning hammuallifiga aylandi.
O‘rtoqlik uchrashuvi.
“Istanbul Bashakshexir” – “Fortuna Dyusseldorf” 1:0