Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Elchilar «kabinet diplomatiyasi»dan voz kechadi

Elchilar «kabinet diplomatiyasi»dan voz kechadi

Fuqarolarimizning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan turli reydlarda huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlar jamoatchilikda jiddiy norozilik uyg‘otmoqda.

Aksariyat holatlarda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy nota berish bilanganina cheklanib qolmoqda.

«Elchi va konsullar har bir holat yuzasidan malakali yuridik yordam ko‘rsatib, xorijdagi fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishi shart»,
– dedi Prezidentimiz.

Bundan tashqari, xorijdagi yoshlarimiz yoki talabalarning turli oqimlarga qo‘shilib qolayayotgani barchani jiddiy tashvishga solishi kerakligi ta’kidlandi.

Bundan buyon elchilar «kabinet diplomatiyasi»dan voz kechib, xorijdagi vatandoshlarimiz ishlayotgan qurilish maydoniga, yotoqxonaga, talabalar auditoriyasiga borib, ularning muammosini o‘rganib, yechimi bo‘yicha ishlashi shartligi qayd etildi.

Mutasaddilarga xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarimiz uchun bepul koll-markaz tashkil etib, murojaatlarini tegishli vazirliklar bilan tezkor hal qiladigan tizim yaratish topshirildi.

Kiritildi: Bugun 18:37. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!