Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

"El-klasiko": O‘zaro o‘yinlar tarixi

"El-klasiko": O‘zaro o‘yinlar tarixi

Bugun, 26 oktyabr kuni "Real Madrid" hamda "Barselona" o‘rtasida La Liganing 11-tur bahsi bo‘lib o‘tadi.

Toshkent vaqti bilan 23:59da start oladigan bahs oldidan e’tiboringizga ushbu uchrashuvga oid ba’zi ma’lumtlarni taqdim etamiz.

O‘zaro o‘yinlar statistikasi

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar soni 257tani tashkil qiladi. Ushbu o‘yinlarning 106tasi "Real Madrid" g‘alabasi bilan yakun topgan. "Barselona" hisobida esa roppa-rosa 100ta g‘alaba mavjud. 51ta bahsda tomonlar durangga rozi bo‘lishgan. Gollar soni bo‘yicha ham ustunlik "Qirollik klubi"da: 436-419.

Jarohat tufayli bahsda ishtirok etmaydiganlar

Ushbu bahsda "Real"ga quyidagi futbolchilar aniq yordam bera olmaydi: David Alaba, Dani Karvaxal, Tibo Kurtua, Rodrigo.

Kataloniya klubi safidan ushbu o‘yinchilar madyonga tushmaydi: Ronald Arauxo, Bernal, Andres Kristensen, Mark-Andre ter Shtegen, Ferran Torres.

Taxminiy tarkiblar

"Real Madrid": Lunin - Vaskes, Militao, Ryudiger, Mendi - Modrich, Chuameni, Bellingem - Valverde, Mbappe, Vinisius.

"Barselona": Penya - Kunde, Kubarsi, Martines, Balde - Kasado, Pedri - Lamin Yamal, Olmo, Rafinya - Levandovski.

O‘zbekiston hududida "Real" hamda "Barselona" o‘rtasidagi "El Klassiko"ni "Zo‘r Tv" telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Kiritildi: 21:36 26.10.2024. O'qildi: 2054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!