Noboaning raqibi Luisa Gonsales esa ovozlarni qayta sanashni talab qilishini bildirdi.
"Men xalq yolg‘onni haqiqatdan afzal ko‘rishiga ishonishmayman. Biz ovozlarni qayta sanashni talab qilamiz", — dedi Gonsales dastlabki natijalar e’lon qilingach.
Byulletenlarning 90 foizdan ortig‘i qayta ishlangach, Noboa taxminan 56 foiz, Gonsales esa 44 foizga yaqin ovoz to‘plagani e’lon qilindi.
"Bu tarixiy g‘alaba bo‘ldi. Saylovda kim g‘olib bo‘lgani borasida hech qanday shubha yo‘q", — deya ta’kidladi Noboa o‘z tarafdorlari oldida qilgan chiqishida.