Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ekvador sobiq prezidenti va uning oila a’zolari 76 mln dollarlik korrupsiya ishida ayblanib qamaldi

Ekvador sobiq prezidenti va uning oila a’zolari 76 mln dollarlik korrupsiya ishida ayblanib qamaldi


Ekvador sudi sobiq prezident Lenin Morenoni mamlakatning eng yirik gidroelektr stansiyasi (GES) qurilishida pora olganlikda aybdor deb topdi. 73 yoshli Moreno 5 yilga qamaldi. Endi unga kelajakda biror davlat lavozimida ishlash umrbod taqiqlanadi. Bosh prokuratura bu ish bo‘yicha tergovni 2023 yil mart oyida boshlagan edi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Moreno va uning oila a’zolari korrupsiya tarmog‘iga aloqador bo‘lgan. Shuningdek, ularning mahalliy va xitoylik hamkorlari, jumladan, Xitoyning Kitodagi (Ekvador poytaxti) sobiq elchisi ham bu ishga aralashgan. Ushbu ish Coca Codo Sinclair GESi qurilishi bilan bog‘liq. Bu GES 2016 yilda ishga tushgan. O‘shandan beri unda doimiy texnik muammolar kuzatilmoqda.

Sobiq prezidentning rafiqasi va qizi ham aybdor deb topildi. Uning ikki akasi va yangalari ham javobgarlikka tortildi. Ularning barchasi 2 yil-u 6 oyga qamaldi. Xitoyning Kitodagi sobiq elchisi Say Rungo ham 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Aslida, prokurorlar Moreno va yana 19 nafar ayblanuvchi uchun 6 yildan ortiq qamoq jazosi so‘ragan edi.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, Xitoyning Sinohydro kompaniyasi soxta maslahat shartnomalari orqali pora berib kelgan. Ular 2009—2018 yillar davomida jami 76,1 million dollar atrofida pora tarqatgan.

Tergovchilarning ta’kidlashicha, bu pullar avval chet eldagi bank hisoblariga tushgan. Keyin soliqlardan xoli hududlardagi (ofshor) soxta kompaniyalar orqali Morenoning oilasi va hamkorlariga yetkazib berilgan.

Prokuraturaning bildirishicha, Moreno 2007—2013 yillarda vise-prezident lavozimida ishlagan. Aynan shu yillarda Moreno va uning yaqin qarindoshlari 1 million dollardan ortiq pul olgan. Moreno 2017 yildan 2021 yilgacha Ekvador prezidenti bo‘lgan.

Kiritildi: 21:36 29.08.2026. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!