Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ekspertlar ogohlantirmoqda: Boltiqda harbiy provokasiyalar boshlanishi mumkin

Ekspertlar ogohlantirmoqda: Boltiqda harbiy provokasiyalar boshlanishi mumkin

NATO va Rossiya Boltiq dengizida bir vaqtning o‘zida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Ekspertlarning fikricha, bu kutilmagan hodisalar va provokasiyalar xavfini tug‘dirishi mumkin.

Kelasi hafta NATO davlatlari 50 yildan ortiq vaqtdan beri iyun oyi boshida o‘tkazib kelinayotgan Baltops harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini boshlaydi. Rossiya ham o‘z flotini ushbu mintaqaga mashqlarga yubormoqda, ammo bu odatdagidan bir oy oldin amalga oshirilmoqda. Unda Rossiyaning 20 ta harbiy kemasi ishtirok etadi.

CASSIS ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi va Germaniya harbiy-dengiz kuchlari zaxiradagi zobiti Moris Brake Boltiq dengizidagi mashg‘ulotlar keskinlikka olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Ekspert flotlarning xavfli darajada yaqinlashib qolishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Brakening so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv bo‘lishi kutilmayotgan bo‘lsa-da, NATO kemalarining yo‘lini to‘sish yoki Rossiya harbiy samolyotlarining ular ustidan parvoz qilishi kabi turli xil hodisalar sodir bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Kiritildi: 19:11 31.05.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!