Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

Prezidentning tegishli farmoni bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida amaldagi shtat birliklari saqlangan holda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etildi.

Sobiq vazirlikning asosiy vazifalaridan tashqari, Ekologiya qo‘mitasi quyidagi umummilliy loyihalarni amalga oshirish uchun mas’ul etib belgilandi:

  • chiqindilarni qayta ishlash va ular bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan «Chiqindidan holi hudud» umummilliy loyihasi;
  • atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan «Toza havo» umummilliy loyihasi;
  • 2028 yilga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qo‘shimcha ravishda jami maydoni 100 gektardan kam bo‘lmagan botanika va dendrologiya bog‘larini tashkil qilishga qaratilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi;
  • aholi orasida eko-odatlarni shakllantirish va ekologik hayot tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan «Eko-madaniyat» umummilliy loyihasi;
  • bioxilma-xillikni kelajak avlod uchun asrashga qaratilgan «Bio meros» umummilliy loyihasi.

Shuningdek, Ekologiya qo‘mitasi huzurida 15 nafargacha xorijiy va mahalliy ekspertlarni fuqaroviy-huquqiy shartnomalar asosida jalb qilgan holda ekologiya sohasidagi «Ekoloyihalar fabrikasi» tashkil etiladi.

Kiritildi: Bugun 13:28. O'qildi: 140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!