Bryusselda Belgiya poytaxti bosh prokuroriga suiqasd uyushtirishda ishtirok etgan alban mafiyasida ishlagan sakkiz kishi hibsga olindi.
Bu haqda mamlakat federal prokuraturasi ma’lum qildi.
"2025 yil iyul oyida federal prokuraturaga Bryussel bosh prokuroriga qarshi fitna haqida ma’lumot berildi. Asosiy gumondorlar sudlangan va alban mafiyasida faol ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.
OAV xabarlariga ko‘ra, Bryussel yaqinda giyohvand moddalar savdosi, birinchi navbatda, albanlar bilan bog‘liq zo‘ravonlik davrini boshidan kechirgan. Rasmiylar hatto Yevropaning 100 dan ortiq eng xavfli jinoiy guruhlari hozirda Belgiyada faoliyat yuritayotgani haqida xabar berishgan. Joriy yilning fevral oyida polisiya ommaviy otishmada ishtirok etgan mafiya a’zolarini ta’qib qilish uchun Bryussel metrosining bir necha bekatlarini yopishga majbur bo‘ldi.