Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan Al Ain Cup o‘rtoqlik turniri yakunlandi. Finalda O‘zbekiston Eronga qarshi bahs o‘tkazdi.
O‘yinning asosiy vaqtida 0:0 hisobi qayd etildi. Penaltilarda vakillarimiz aniqroq harakat qilishdi - 4:3.
O‘zbekiston 68-daqiqada Abduqodir Husanovning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkasi sabab o‘yinni bir kishi kam yakunladi.
Kecha turnirning uchinchi o‘rin uchun o‘yinida Misr ham Kabo-Verdeni penaltilar seriyasida yenggan edi.
Al Ain Cup. Final
O‘zbekiston - Eron - 0:0, penaltilar seriyasi - 4:3
18 noyabr, 21:00
O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Abduqodir Husanov, Farruh Sayfiyev (Rustam Ashurmatov, 88), Otabek Shukurov (Akmal Mozgovoy, 79), Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev (Xojimat Erkinov,64), Oston O‘runov (Jamshid Iskanderov,64), Sherzod Nasrullayev, Eldor Shomurodov, Abdulla Abdullayev, Husniddin Aliqulov
Eron: Alirizo Beyronvand, Solih Hardani, Majid Hussayni, Shojai Xalilzoda, Milod Muhammadi, Said Izzatullohi (Muhammad Gorbani,10) Saman Goddos (Ali Rizo Kushki, 80), Mehdi Gayedi, Mehdi Taremi, Amirhussayn Husaynzoda (Muhammad Mohibi,80), Ali Alipur
Ogohlantirish: Farruh Sayfiyev (O‘zbekiston) 54
Chetlatish: Abduqodir Husanov (O‘zbekiston) 68