Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Ekologiya qo‘mitasi havo ifloslanishi yuzasidan bayonot berdi

Ekologiya qo‘mitasi havo ifloslanishi yuzasidan bayonot berdi

So‘nggi kunlarda (29–30-yanvar) mamlakatimizda noqulay meteorologik sharoitlar fonida havo sifati yomonlashdi. Mutaxassislar tahliliga ko‘ra, bunga shamolning yo‘qligi (shtil), past shamol tezligi va harorat inversiyasi sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, tungi va ertalabki soatlarda harorat inversiyasi shakllanib, sovuq havo qatlami yerga yaqin joylashgan, iliq havo esa yuqori qatlamlarda saqlanib qolgan. Natijada havoga chiqarilgan mayda dispers zarrachalar yer yuzasining quyi chegaralarida «qamalib», shahar havosida ma’lum muddat turib qolgan. Qo‘shimcha ravishda, tonggi soatlarda tuman kuzatilib, havodagi mayda aerozol zarrachalari konsentrasiyasini oshirgan. Tuman vaqtida atmosfera namligi yuqori bo‘lishi sababli PM2.5 zarrachalari havoda uzoqroq saqlanib, ifloslanish darajasi yanada ortadi.

Maxsus komissiya ekologik reydlar va monitoring tadbirlarini tunu kun davom ettirmoqda. O‘zgarishlar bo‘yicha Ekologiya milliy qo‘mitasi hamda uning huzuridagi O‘zgidromet agentligi rasmiy sahifalari orqali doimiy axborot berib boriladi.

Kiritildi: Bugun 09:01. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!