Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ekologik muammolar sabab ayrim mahsulotlar yo‘qolish xavfi ostida

Ekologik muammolar sabab ayrim mahsulotlar yo‘qolish xavfi ostida

Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, global iqlim o‘zgarishi hozirgi sur’atda davom etsa, insoniyat yaqin o‘n yilliklarda qahva, shokolad va vino kabi mahsulotlardan mahrum bo‘lishi mumkin.

Qahva iqlimga eng sezgir ekinlardan biri hisoblanadi. Haroratning oshib borishi va namlik miqdorining o‘zgarishi qahva hosildorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Kakao daraxti ham doimiy +25°C harorat va yuqori namlikni talab qiladi. So‘nggi yillarda Kot-d’Ivuar va Ganada qurg‘oqchilik hamda tuproqning degradasiyasi kuchaygani sababli kakao yetishtirish qiyinlashmoqda.

Shuningdek, iqlim o‘zgarishi Yevropaning vino sanoatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Haroratning oshishi natijasida uzum tezroq pishadi, bu esa sharobning ta’mi va kislotasini o‘zgartiradi.

Muttaxassislar ta’kidlashicha, mazkur holat jahon iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qahva, kakao va vino eksporti millionlab odamlar uchun ish o‘rni hisoblanadi. Hosildorlikning pasayishi natijasida narxlar oshishi, sifatning esa pasayishi ehtimoldan xoli emas.

Masalani bartaraf etish uchun mutaxassislar raqamli monitoring tizimlari, namlikni boshqarish usullari hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni tavsiya etmoqda.

Kiritildi: 19:20 12.11.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!