Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

“Eko-zakovat”: Toshkentda talabalarning ekologik bilimlari sinovdan o‘tkazildi

A A A
“Eko-zakovat”: Toshkentda talabalarning ekologik bilimlari sinovdan o‘tkazildi

13 aprel kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent Markaziy eko bog‘ida 15 aprel — “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” munosabati bilan “Eko-Zakovat” intellektual musobaqasi – ekologiyaga oid bilimlar bellashuvi o‘tkazildi.
Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Toshkent Metallurgiya zavodi hamda Zakovat intellektual klubi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada 12 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari ishtirok etdi. O‘yinda ishtirokchilar ekologiyaga oid 24 ta savolga javob berib, o‘z bilim va tez qaror qabul qilish qobiliyatini namoyish etishdi.

O‘yin yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni “Kimyogarlar”, 2-o‘rinni “Staticfacion” va 3-o‘rinni “Ekofaollar” jamoasi egalladi. G‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, “Ekologik bilimlar kuni” dunyoning ko‘plab davlatlarida nishonlanadi. Bayram tarixi 1992-yilda BMTning Rio-de-Janeyrodagi ekologik muammolarga bag‘ishlangan konferensiyasiga borib taqaladi. Konferensiyada aholining ekologik ta’lim-tarbiyasiga ham e’tibor qaratilgan.

Maqsad ekologik bilimlarni targ‘ib qilish, ekologik madaniyatni shakllantirish, dolzarb ekologik muammolar va atrof-muhit holati haqida ma’lumot berishdir.

Kiritildi: 21:14 13.04.2024. O'qildi: 1338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!