"EI Ukrainani 2 yil davomida qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilmoqda. Biz bugun yechim topishimiz kerak. Kelgusi ikki yil davomida Ukrainani moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilmasdan Yevropa Kengashidan chiqmaymiz", — degan Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen.
Bugun Yevropa Ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Politico xabariga ko‘ra, sammitning asosiy maqsadi — Belgiyani Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish masalasida o‘z pozisiyasini o‘zgartirishga ko‘ndirish hisoblanadi.