Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

EI Ukrainani Starlink’ga muqobil sun’iy yo‘ldosh aloqasi bilan ta’minlamoqchi

EI Ukrainani Starlink’ga muqobil sun’iy yo‘ldosh aloqasi bilan ta’minlamoqchi

Evropa Ittifoqi Ukrainada foydalanilayotgan Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa xizmatlarining bir qismini 2029 yilga kelibgina almashtira oladi. Bu haqda Yevrokomissiya vakili Toma Renye Bryusselda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa komissiyasi 2027 yil boshiga qadar GOVSATCOM tizimiga tijoriy aloqa xizmatlarini ham kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

"2029 yilga borib IRIS tizimi doirasida ham asosiy aloqa xizmatlari, ham harbiy maqsadlarda foydalaniladigan xizmatlar to‘liq ishga tushiriladi", — deya Renyening so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.

Evrokomissiya vakilining ta’kidlashicha, ayni paytda Ukrainani mazkur tizimga to‘liq ulash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:33 14.10.2026. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!