Evropa Ittifoqi davlatlari Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun vaqtinchalik himoya muddatini yana bir yilga — 2027 yil mart oyigacha uzaytirishga kelishib oldi. Bu qarorga ko‘ra, ukrainalik qochqinlar Yevropa mamlakatlarida rasmiy boshpana olish tartiblarini o‘tmasdan, ishlash, ijtimoiy yordam olish va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lishda davom etadilar.
Shu bilan birga, YEI Yevrokomissiya tomonidan taqdim etilgan qochqinlarni qaytarish bo‘yicha umumiy strategiya va ushbu fuqarolar uchun turli turdagi yashash turlariga — masalan, mehnat yoki talabalik vizalariga o‘tishni yengillashtirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.
Evropa Ittifoqi, shuningdek, Ukrainaga qaytish bo‘yicha ma’lumotlarni oddiy va tushunarli qilish, qaytish jarayonini ixtiyoriy va bosqichma-bosqich tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni tayyorlashni rejalashtirmoqda.