EI USAID dasturlarining to‘xtatilishi fonida Ukrainada ommaviy axborot vositalarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 10 million yevro ajratadi.
Bu haqda Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi vakolatxonasi ma’lum qildi.
"Ushbu tashabbus bir qator media tashkilotlariga grantlar taqdim etadi, ular esa o‘z navbatida subgrantlar yordamida alohida mustaqil jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlaydi", deyiladi vakolatxona xabarida.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi 2017 yildan boshlab Ukrainada ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun 100 million yevrodan ortiq, 2022 yil fevralidan keyin esa 37 million yevro miqdorida grant ajratgani ma’lum qilindi.