Evropa Ittifoqi Ukraina va Moldovaning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonidagi muzokaralarning yana ikki yo‘nalishini ochishga kelishdi. Bu haqda Irlandiyaning Yevropa ishlari bo‘yicha vaziri Tomas Birn ma’lum qildi.
Yangi yo‘nalishlar yagona Yevropa bozori, raqobatbardoshlik va iqtisodiy o‘sish masalalarini qamrab oladi.
Ukraina parlamenti milliy ozchiliklar huquqlariga oid ta’lim to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlarni ma’qulladi. Prezident Volodimir Zelenskiy imzolagan ushbu qonun Ukraina uchun muzokaralarning yangi bosqichlarini ochishda Vengriya roziligini olish maqsadida qabul qilingan.