Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

EI sudi Maltaning “oltin pasport” — investisiya evaziga mamlakat fuqaroligi berish sxemasini YEI qonunchiligiga zid deb topdi

EI sudi Maltaning “oltin pasport” — investisiya evaziga mamlakat fuqaroligi berish sxemasini YEI qonunchiligiga zid deb topdi

Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

"Evropa Ittifoqiga a’zo davlat oldindan belgilangan to‘lovlar yoki investisiyalar evaziga o‘z fuqaroligini, ya’ni Yevropa fuqaroligini taqdim eta olmaydi, chunki bu fuqarolikni olishni oddiy tijorat bitimiga aylantirish bilan barobar. Malta shu tariqa YEI shartnomasi doirasidagi «o‘z majburiyatlarini bajarmagan", — deyiladi YEI sudi qarorida.

Financial Times'ning yozishicha, Malta “investisiya evaziga fuqarolik” sxemasidan voz kechishi kerak, aks holda, unga jarima qo‘llanadi. Malta hukumati “mazkur qarorning huquqiy oqibatlari batafsil o‘rganilayotganini” e’lon qildi.

2023 yilda Yevrokomissiya Malta tomonidan “oltin pasport”lar berilishi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi Oliy sudiga murojaat qilgandi, YEKga ko‘ra bu Yevropa Ittifoqi “fuqaroligi mohiyati”ga putur yetkazadi.

Evrokomissiya Malta sxemasi butun YEI uchun oqibatlarga olib kelishini ta’kidladi, chunki Malta fuqaroligini olgan odamlar Yevropa Ittifoqining istalgan mamlakatida yashash va ishlash hamda Yevropa saylovlarida ovoz berish huquqiga ega.

Maltaning “oltin pasport” berish dasturi 2013 yildan beri mavjud. Bunday pasportni olish uchun chet ellik milliy investisiya fondiga 600 000 yevrodan boshlab sarmoya kiritishi, shuningdek, mamlakatda ko‘chmas mulk sotib olishi kerak. 2020 yil oktyabrigacha “oltin pasport” egalari Maltada yashamagan bo‘lishi mumkin edi. Endi esa mamlakatda uch yil yashash talabi bor. 750 000 yevro sarmoya kiritganlar uchun rezidentlik talabi bir yilga qisqartirilishi mumkin.

"Malta pasportini olgan 16 kishi siyosiy jihatdan fosh etilgan shaxslar bo‘lgan yoki keyinchalik sanksiyalarga uchragan yoki jinoyatlar uchun sudlangan", deyiladi Financial Times xabarida.

Kiritildi: 12:04 30.04.2025. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!