Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

EI Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan 20-sanksiyalar paketi loyihasidan Kulevi portidagi neft terminalini chiqarib tashladi

EI Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan 20-sanksiyalar paketi loyihasidan Kulevi portidagi neft terminalini chiqarib tashladi

Gruziyaning Birinchi kanali xabar berishicha, ushbu qaror haqida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O'Sallivan Gruziya Tashqi ishlar vazirligiga ma’lum qilgan.

Devid O'Sallivanning ta’kidlashicha, Kulevi portini sanksiyalar paketiga kiritish dastlab uning Rossiya neftini dengiz orqali tashishdagi ehtimoliy roli hamda “yashirin flot” tankerlarining portga kirishi bilan bog‘liq holatlar tufayli ko‘rib chiqilgan.

Biroq Gruziya hukumati va port operatori tegishli majburiyatlarni olgandan keyin bu pozisiya qayta ko‘rib chiqilgan. Xususan, Gruziya Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostidagi kemalarni o‘z portlariga kiritmaslik va ularga xizmat ko‘rsatmaslik bo‘yicha kafolat bergan.

Shuningdek, Kulevidagi neft terminali egasi — Ozarboyjonning davlat neft kompaniyasi SOCAR ham Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga nisbatan joriy etilgan cheklovlariga, jumladan narx chegarasi va Rossiya xom nefti hamda neft mahsulotlarini import qilish taqiqlariga qat’iy rioya qilish majburiyatini olgan.

Kiritildi: Bugun 17:15. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!