Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

EI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

EI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi, lekin qattiqlashtirmadi.

Bryusselda buga jiddiy umid qilinmagan edi: Slovakiya va Vengriya yangi Rossiyaga qarshi 18-paket sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi, chunki ular bilan Yevropa Ittifoqining Rossiyaning energetika manbalaridan voz kechish rejasi — RePowerEU muhokama qilinmagan. Mamlakatlar bu rejadan xavotirda bo‘lib, yangi sanksiyalarni “garovga oldilar”, deb yozadi DW Bryusseldagi muxbiri.

Ko‘plab Yevropa siyosatchilari yangi choralarni juda qattiq — agar eng qattiq bo‘lmasa — deb atashmoqda. Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bu sanksiyalar Rossiyani tinchlik bo‘yicha jiddiy muzokaralarga majbur qilishi kerakligini ta’kidladi. “Tez orada kelishilgan paketni olishimiz kerak”, — dedi fon der Lyayen.

Hozircha esa Yevropa Kengashi Rossiyaga qarshi barcha oldingi sanksiyalarni yana olti oyga — 2026-yil yanvargacha uzaytirishga erishdi.

Kiritildi: 10:20 27.06.2025. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!