Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 22-paketini ma’qulladi. Yangi cheklovlar qariyb 1600 nafar jismoniy va yuridik shaxsga ta’sir ko‘rsatadi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bu Rossiyaning harbiy harakatlari boshlanganidan beri sanksiyalar ro‘yxati eng katta miqyosda kengaytirilganini ta’kidladi.
Kallasning aytishicha, sanksiyaga kiritilgan yangi shaxs va tashkilotlarning yarmidan ko‘pi ballistik raketalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq.
«Biz Rossiya uchun qurol ishlab chiqarishni sezilarli darajada qiyinlashtirmoqdamiz, bu jarayonni sekinlashtirmoqdamiz va xarajatlarni oshirmoqdamiz», — deb yozdi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Avvalroq, «Sistema» tahliliy-tadqiqot loyihasi 22-paket cheklovlari Rossiya harbiy-sanoat majmuasi korxonalari, shuningdek, ularning rahbarlari va xodimlariga qaratilganini xabar qilgan edi.
Ayrim tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar ilk bor joriy etilmayapti, balki amaldagi cheklovlar kengaytirilmoqda.