Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 2022 yildan buyon eng yirik sanksiyalar paketini tayyorlamoqda. Bu haqda YEI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, agar yangi sanksiyalar paketi qabul qilinsa, YEI cheklovlari ostidagi rossiyalik jismoniy shaxslar, kompaniyalar va tashkilotlar soni taxminan uchdan birga oshadi.
Kaya Kallas Germaniyaning Die Welt nashriga bergan intervyusida sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirish shu yil kuziga rejalashtirilganini aytdi.
Yangi paket qabul qilinsa, u Rossiyaga nisbatan 2022 yildan beri joriy etilgan eng ko‘lamli sanksiya choralaridan biri bo‘ladi.