Bu haqda DW nashri xabar berdi.
1 fevraldan boshlab Rossiya nefti narxining yuqori chegarasi bir barrel uchun 44,1 dollarni tashkil etadi, deyilgan Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen imzolagan qarorda.
Qayd qilinishicha, hozirgi kunda narxning yuqori chegarasi 47,6 dollarga teng. U 2025 yil sentyabrida joriy etilgan edi. Bunga qadar 2022 yil dekabridan boshlab 60 dollarlik cheklov amal qilgan. Bu cheklov Ukrainaga bostirib kirgani uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida kiritilgan.
Ayni paytda jahon bozorida Rossiyaning Urals navli neftining bir barreli 55 dollar atrofida sotilmoqda. Noyabr oyida uning narxi 36,6 dollargacha tushib ketgan edi. Rossiyaning 2026 yilgi byudjetida Urals narxi 59 dollar darajasida belgilangan.