Bu holat Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarga jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin, degan Belgiya tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo.
"Evropa Ittifoqining hozirgacha Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning aniq yo‘lini topa olmayotgani Belgiyaning aybi emas, balki buni qanday qilishni bilmay va bu bilan bog‘liq xavflarni tushunmay, Rossiya aktivlaridan foydalanishni talab qilayotgan blokning qaysarligi natijasidir," - deb hisoblaydi Belgiya tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo.
Evropa diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu borada yakuniy qaror dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan sammitda qabul qilinadi.
"Belgiyada xavf-xatarlardan xavotirlanish uchun huquqiy asoslar bor. Ammo boshqa a’zo davlatlar bu xatarlarni bo‘lishishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Biz hozir bu masalalarni muhokama qilyapmiz", — dedi Kaya Kallas.