Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

EI kengayishining sekinligi uchun ma’lum ma’noda o‘zi ham mas’ul – Fridrix Mers

EI kengayishining sekinligi uchun ma’lum ma’noda o‘zi ham mas’ul – Fridrix Mers

"Agar biz 13 yildan beri yangi a’zolarni qabul qilmayotgan bo‘lsak, bu kamchiliklar Yevropa Ittifoqi tomonidan ham o‘tganini ko‘rsatadi. Va bugun biz ularni yengib o‘tmoqchimiz", – dedi Germaniya kansleri Chernogoriyaning Tivat shahrida bo‘lib o‘tayotgan YEI G‘arbiy Bolqon sammitida.

Hozirgi vaqtda aynan Chernogoriya Yevropa Ittifoqiga a’zolikka eng istiqbolli nomzod hisoblanadi, u muzokaralar olib borilayotgan 33 ta klasterdan 18 tasini yopib bo‘lgan. Uning Yevroittifoqqa qo‘shilishi 2030 yilga borib amalga oshishi kutilmoqda.

Oliy darajadagi uchrashuvda Yevropa Ittifoqining barcha 27 ta davlati rahbarlari va hukumat boshliqlari, YEI asosiy institutlari rahbarlari hamda G‘arbiy Bolqonning oltita davlati yetakchilari ishtirok etmoqda.

Ular nafaqat sammit mezboni Chernogoriyani, balki allaqachon nomzodlik maqomiga ega bo‘lgan Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Shimoliy Makedoniya, Serbiya hamda 2022 yil dekabrida YEIga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan Kosovoni ham Yevroittifoqqa qabul qilish istiqbollarini muhokama qilmoqdalar.

Sammitda Mersdan tashqari Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham G‘arbiy Bolqon davlatlarini Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo bo‘lishidan oldin qanday qilib integrasiya qilish mumkinligi bo‘yicha o‘z yangi takliflarini bildirdi. U bu davlatlarning katta geosiyosiy ahamiyatga ega ekanligini — jumladan, migrasiya yo‘nalishlarini nazorat qilish masalasida muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 17:13. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!