Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

EI ijtimoiy tarmoqlarda yoshni tasdiqlovchi ilovani ishlab chiqdi

EI ijtimoiy tarmoqlarda yoshni tasdiqlovchi ilovani ishlab chiqdi

Evrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayenning ma’lum qilishicha, yangi ilova foydalanuvchilarga onlayn-platformalarga kirishda xuddi do‘konlarda spirtli ichimliklar sotib olayotganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat so‘ralgani kabi o‘z yoshini tasdiqlash imkonini beradi.

Smartfon, planshet va kompyuterlarda ishlovchi ushbu dastur pasport yoki ID-karta ma’lumotlari asosida sozlanadi. Mazkur texnologiya pandemiya davrida COVID-sertifikatlarini tekshirishda qo‘llangan tizimga o‘xshash tartibda ishlab chiqilgan. Ushbu tashabbus YEIga a’zo davlatlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun minimal yosh chegarasini belgilash rejalari fonida yuzaga keldi.

Hozirda Fransiya va Germaniya kabi Ittifoq a’zolari, shuningdek, Buyuk Britaniya va Norvegiya kabi davlatlar ham ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Yangi ilova onlayn muhitda xavfsizlikni ta’minlash va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 17:45. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!