Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen e’lon qildi.
"Evropa Ittifoqi G‘azo sektorida yuzaga kelgan og‘ir gumanitar inqiroz sababli Isroil davlatiga barcha moliyaviy yordamni to‘xtatdi, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va Holokost yodgorliklariga yo‘naltirilgan mablag‘lar bundan mustasno", — dedi Yevrokomissiya rahbari.
Ursula fon der Lyayen, shuningdek, Yevroittifoq-Isroil uyushmasi kelishuvini ham qisman to‘xtatib qo‘yishni rejalashtirilayotgani va Netanyahu hukumatidagi radikal qarashdagi vazirlarga qarshi sanksiyalar tayyorlanayotganini ma’lum qildi.