Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

EI davlatlari Ukraina tufayli Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum qilishi mumkin

EI davlatlari Ukraina tufayli Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum qilishi mumkin

Evropa Ittifoqi (EI) davlatlari Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga putur yetkazishga urinishlari ortidan Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Britaniyaning The Guardian nashri yozmoqda.

Bungacha rasmiy Budapesht Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirish ehtimoli bo‘yicha referendum o‘tkazishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgan edi. Saylov byulletenlarida "Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishini qo‘llab-quvvatlaysizmi?" degan savol bor.

Tegishli plakatlar butun mamlakat bo‘ylab joylashtirilgan. Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy, Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa parlamentida Yevropa xalq partiyasi yetakchisi Manfred Veber ishtirok etgan shiorda "Kelinglar, biz uchun qaror qabul qilishlariga yo‘l qo‘ymaylik" deyiladi.

Biroq, masalaning betarafligiga qaramay, Vengriya rasmiylari chetda turmayapti. Shu tariqa mamlakat bosh vaziri Viktor Orban xalqni ovoz berishga chaqirdi.

Kiritildi: 09:13 22.04.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!