Evropa Ittifoqi Qo‘shma Shtatlar bilan savdo masalasida kelishuvga erishilmasa, AQSh eksportiga 90 milliard yevrodan ortiq bojxona to‘lovlari joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oxu.az nashri Yevropa diplomatik doiralariga tayanip xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 7 avgustgacha tomonlar o‘rtasida savdo kelishuvi imzolanmasa, Yevropa Ittifoqi tomonidan javob chorasi sifatida AQShdan olib kiriladigan ayrim mahsulotlarga 30 foizgacha bo‘lgan boj to‘lovlari qo‘llanishi kutilmoqda. Ushbu choralarga avtomobillar, avto ehtiyot qismlar, fuqarolik aviasiyasi vositalari hamda boshqa sanoat mahsulotlari kiradi.
Evropa Ittifoqi favqulodda holatga tayyorgarlik doirasida savdo muzokaralarini tezlashtirgan. YEI savdo komissari Marosh Shefchovich bu borada AQSh Savdo vaziri Govard Lutnik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib bormoqda. Bryussel tomonidan 1 avgust muzokaralar uchun “oxirgi muddat” sifatida belgilanayotgan bo‘lsa-da, qarshi bojlar 7 avgustda kuchga kirishi mumkin.