Evropa Ittifoqi va Janubiy Amerikaning Mercosur bloki o‘rtasidagi erkin savdo shartnomasini amalga oshirish jarayoni boshlanmoqda. Yevropa komissiyasi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan bojlarning iqtisodiy zarbasini yumshatish va Xitoyga qaramlikni kamaytirish maqsadida ushbu hujjatni 1 maydan boshlab vaqtinchalik kuchga kiritishga qaror qildi.
25 yil davomida muzokara olib borilgan bu kelishuv YEI tarixidagi eng yirik tariflarni pasaytirish bitimi bo‘lishi kutilmoqda. Garchi Fransiya va mahalliy fermerlar arzon go‘sht hamda shakar importi tufayli bunga qarshi chiqayotgan bo‘lsa-da, Germaniya va Ispaniya kabi davlatlar eksportyorlar uchun yangi imkoniyatlar ochilishini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Biroq iqtisodchilarning ta’kidlashicha, yangi hamkorlar bilan tuzilayotgan bitimlar AQSh bozoridagi yo‘qotishlarni to‘liq qoplay olmaydi, chunki Qo‘shma Shtatlarning iqtisodiy salohiyati ancha yuqori. Bundan tashqari, Yevropa kompaniyalari ushbu bozorlarda anchadan beri o‘z o‘rnini mustahkamlagan Xitoy bilan jiddiy raqobatga kirishishiga to‘g‘ri keladi.