O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 2 apreldagi PQ-134-son qaroriga asosan ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha belgilangan bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensasiya qilib berilmoqda.
2026 yilning 6 oyi davomida 562 918 ta ehtiyojmand oilaga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun jami 92,1 mlrd so‘m kompensasiya mablag‘lari to‘lab berildi.
Shundan:
elektr energiyasi uchun – 51 427,8 mln so‘m;
tabiiy gaz uchun – 40 702,3 mln so‘m miqdorida kompensasiya to‘landi.
Kompensasiya olish bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun mahalladagi ijtimoiy xodimga, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Agentlikning 1140 qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilish mumkin.