Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Egey dengizidagi orollar sabab Gresiya va Turkiya o‘rtasida yangi mojaro kelib chiqishi mumkin — Anadolu

Egey dengizidagi orollar sabab Gresiya va Turkiya o‘rtasida yangi mojaro kelib chiqishi mumkin — Anadolu

Gresiya Buyuk Britaniyaning Kiprdagi aviabazasiga qilingan hujumdan keyin Egey dengizining sharqiy qismida joylashgan Karp oroliga Patriot havo hujumidan mudofaa batareyasini joylashtirdi, deya xabar bermoqda nashr.

Biroq Turkiya Mudofaa vazirligi bu orol Gresiyaga “demilitarizasiya qilingan” maqomini saqlash sharti bilan berilganini ta’kidladi. Bu shartlar 1923 yilda imzolangan Lozanna shartnomasi va Parij tinchlik kelishuvida belgilangan.

"Orollarning demilitarizasiya qilingan maqomini buzish jiddiy masala hisoblanadi. U yerga harbiy kuchlar joylashtirilishi yuridik jihatdan bu maqomni bekor qilmaydi. Biz Gresiyaning mintaqamizdagi inqirozlardan foydalanishga qaratilgan va amaliy maqsadlarga xizmat qilmaydigan harakatlarini qabul qilmaymiz va bu borada barcha zarur choralarni ko‘ramiz", deyiladi Turkiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Kiritildi: Bugun 17:40. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!