Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Efiopiya urushdan manfaatdor emas

A A A
Efiopiya urushdan manfaatdor emas

Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad Somali mintaqasi bilan kelishuv bo‘yicha keskinlik kuchaygani sababli, “urushga aralashishdan manfaatdor emasligi”ni bildirdi, deb yozdi "Arab News".

Yanvar oyida dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan Efiopiya Somalilanddan ajralib chiqqan mintaqa bilan qirg‘oq chizig‘ining bir qismini 50 yillik ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu hujjat 1991 yil mustaqilligi e’lon qilingan Somalilandni tan olishdan bosh tortgan Somalida g‘azab uyg‘otdi.

Parlamentda nutq so‘zlagan Abiy bitimni dengizga chiqish uchun ko‘p yildan beri mavjud bo‘lgan ehtiyojga asoslangan "rivojlanish kelishuvi" deya ta’rifladi.

– Dengizga chiqishni istadik, bor gap shu. Biz hujumkor choralar ko‘rmaymiz, lekin biror ko‘ngilsizlik yuz bersa, o‘zimizni samarali himoya qilamiz, – degan u.

Somali Efiopiyaning Somaliland bilan kelishuvi "noqonuniy" degan va aprel oyida Efiopiya elchisini mamlakatdan chiqarib yuborgan.

Kiritildi: 07:02 03.11.2024. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!