Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, 2030 yilgacha 9-sinf bitiruvchilarining texnikumlar bilan qamrovi 29 foizdan 50 foizga, dual ta’lim ulushi esa 9 foizdan 40 foizga yetkaziladi. 2026 yil 1 sentyabrdan 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda to‘liq davlat byudjeti hisobidan o‘qiydi.
Asosiy yo‘nalishlar va maqsadli ko‘rsatkichlar:
2026 yildan boshlab, bolalarni erta yoshdan kasbga qiziqtirish tizimi joriy etiladi:
2028 yildan 9-sinf yakuniy imtihonlari natijalariga ko‘ra o‘quvchilar texnikumlarga yo‘naltiriladi.
2026 yildan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining maoshi birinchi malakali o‘qituvchilar darajasiga tenglashtiriladi. Har bir ustaga 20 nafardan ortiq o‘quvchi biriktirilmaydi.
Texnikum direktorlariga ustalar uchun ajratilgan ish haqi jamg‘armasi doirasida EKOIHning 15 baravarigacha oylik belgilash vakolati beriladi. Har yili 50 nafar eng yaxshi usta va o‘qituvchi xorijda malaka oshiradi.
Dual ta’limda o‘quvchilarga har oy BHMning 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Dual ta’limdagi davr mehnat stajiga qo‘shiladi. Dual ta’limni tashkil etgan ish beruvchilarga — 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.
2026 yildan prezident sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” o‘tkaziladi. Milliy reytingda eng yuqori 50 talikka kirgan texnikumlarning har biri BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.
2030 yilgacha texnikumlarni tugatish, ularning yer maydonlari va binolarini xususiylashtirishga moratoriy joriy etiladi.
2026 yil 1 sentyabrdan:
Qaror kasbiy ta’limni mehnat bozori talablari bilan chuqur integrasiya qilish, o‘quvchi-talabalarni erta kasbga yo‘naltirish va ish beruvchilar ishtirokini oshirishga qaratilgan.