"Arsenal" va PSV Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida durang o‘ynadi - 2:2. O‘yin Londondagi "Emireyts" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida londonliklar himoyachisi Aleksandr Zinchenko hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida mehmonlar Ivan Perishichning goli evaziga javob qaytardi. Tanaffus oldidan to‘pchilar ikkinchi golni urishdi - Deklan Rays. 70-daqiqada PSV ikkinchi golni urdi - Koxaib Driosh.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, "Arsenal" 1/4 finalga chiqdi va u yerda "Atletiko" - "Real" juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi (birinchi o‘yin - 0:1).