Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

DXX: Yo‘l qurilishi bo‘yicha buyurtma olib berish uchun 50 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlandi

DXX: Yo‘l qurilishi bo‘yicha buyurtma olib berish uchun 50 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlandi

Yo‘l qurilishi hamda ta’mirlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari N.SH. o‘zganing ishonchiga kirib, unga “Toshkent-Boysun” avtoyo‘lini qurish va ta’mirlash loyihasi bo‘yicha tender g‘olibi bo‘lgan xorijiy kompaniyaning qiymati 500 ming AQSh dollarilik qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha buyurtmasini olib berish evaziga uning 10 foizini, ya’ni 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, u muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:44 19.11.2024. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!