Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Toshshahartransxizmat» AJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Toshshahartransxizmat» AJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, «Toshshahartransxizmat» AJ tizimida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Xususan, «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi D.A., bosh muhandisi A.A. hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlari T.D. va I.B.lar o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazishgan.

Hozirda holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan «Toshshahartransxizmat» AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, AJ raisi va bosh muhandisi hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlariga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 17:08 12.02.2024. O'qildi: 1511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!