Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

DXX ogohlantiradi: Yoshlarimizni yot g‘oyalardan himoya qilaylik

DXX ogohlantiradi: Yoshlarimizni yot g‘oyalardan himoya qilaylik

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatish orqali yoshlar ongini yot g‘oyalar bilan zaharlash holatlari ko‘p kuzatilmoqda.

Bir qarashda oddiy qiziqish sifatida “ma’lumot olish” yoki “mazmunli muloqot” deb ko‘ringan sahifalar ortida, aslida insonning hayoti va kelajagini barbod qilishga olib keladigan xavfli tuzoqlar mavjud.

Jumladan, 2004–2006 yillarda tug‘ilgan bir guruh yoshlar diniy qiziqish niqobi ostida “Telegram” messenjerida kanal yaratib, unda O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan “Iroq va Shom islom davlati” hamda “Turkiston islom harakati” terroristik tashkilotlariga tegishli audio-video materiallar va da’vatlarni tarqatish bilan shug‘ullanishgan. Shuningdek, ular boshqa yopiq guruhlarda ham targ‘ibot ishlarini olib borishgan.

Afsuski, aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlangan bu yoshlar Suriyadagi qonli janglarga qo‘shilish niyatida o‘zaro fikr almashib, “jihod”, “hijrat” va “shahid” kabi yolg‘on shiorlarni hayotiy maqsad deb bilishgan. Shu bilan birga, ular “Instagram” tarmog‘i orqali ham shaxsiy profillar yaratib, taqiqlangan materiallarni tarqatishgan va yanada ko‘proq yoshlarni tuzoqqa tushirishga urinishgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur shaxslar ushlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

Unutmang birgina noto‘g‘ri qadam — butun umringizni izdan chiqarishi mumkin. Internetda tarqatilayotgan har qanday ekstremistik mazmundagi materiallar ortida o‘zgalarning nurli kelajagini, faravon hayotini parokanda qilish xavfi yotibdi.

Har qanday shubhali sahifa yoki guruhdan ogoh bo‘ling. Chunki, ezgu ishlar hech qachon qon to‘kish va nafratdan boshlanmaydi.

Kiritildi: 14:17 12.08.2025. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!