Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

DW: Germaniyada bir haftadan kamroq vaqt ichida uchinchi marta dronlar haqidagi xabarlar sababli aeroport yopildi

DW: Germaniyada bir haftadan kamroq vaqt ichida uchinchi marta dronlar haqidagi xabarlar sababli aeroport yopildi

Nashrning xabar berishicha, 5 noyabr oqshomida Hannover aeroporti bir necha soatga faoliyatini to‘xtatgan. Aeroport ma’muriyati qo‘nishga yaqinlashayotgan samolyotlardan birining ekipaji havoda dronni ko‘rib, bu haqda dispetcherlarga xabar bergach, parvozlar to‘xtatgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, dron ajroport yaqinidagi sanoat zonalaridan birining ustida kuzatilgan.

Aeroport ishining to‘xtatilishi tufayli uchta reys boshqa yo‘nalishga yo‘naltirilgan, qolganlari esa kechiktirilgan.

So‘nggi oylarda dronlar sababli Yevropaning turli mintaqalarida, jumladan, Germaniya, Daniya, Litva, Norvegiya va Fransiyada ayeroportlar bir necha bor vaqtincha yopilgan. Dronlarni kim uchirayotgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 14:46 06.11.2025. O'qildi: 274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!