Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

DW: Germaniya Ichki ishlar vaziri suriyalik qochqinlarni vataniga qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

A A A
DW: Germaniya Ichki ishlar vaziri suriyalik qochqinlarni vataniga qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

"Bizning asosiy vazifamiz — jinoyatchilar va radikallarni imkon qadar tezroq deportasiya qilishni ta’minlash. Bu vazifa Suriyadagi vaziyat imkon bergan zahoti bajarilishi zarur", — dedi Nensi Fezer Damashqqa tashrifi chog‘ida.

Fezer Suriyaga Avstriya Ichki ishlar vaziri Gerxard Karner bilan birgalikda tashrif buyurdi. Ular Suriyaning o‘tish davri hukumati ichki ishlar vaziri Anas Xattob bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirishgan. Muzokaralar mavzusi — Suriyadagi xavfsizlik holati, mamlakatning yanada barqarorlashuvi va suriyalik qochqinlarning vataniga qaytish istiqbollari.

"Germaniya fuqarolar urushi va Asad rejimidan qochgan taxminan bir million suriyalikni qabul qilgan. Ish topgan, til o‘rganib, yangi hayot qurganlar uchun Germaniyada qolish imkoniyati bo‘lishi kerak. Boshqalar esa, tinchlik umidi haqiqatga aylanganida vataniga qaytadi", — deya qo‘shimcha qildi Germaniya IIV rahbari.

Kiritildi: 23:29 27.04.2025. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!