Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Durovning Rossiyadagi kvartirasiga “gumonlanuvchi Durov P. V.” nomiga chaqiruv qog‘ozi keldi

 Durovning Rossiyadagi kvartirasiga “gumonlanuvchi Durov P. V.” nomiga chaqiruv qog‘ozi keldi

Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiyadagi kvartirasiga pochta orqali chaqiruv qog‘ozi kelganini ma’lum qildi.

"Men 20 yil oldin yashagan Rossiyadagi kvartiraga “gumonlanuvchi Durov P. V.” nomiga chaqiruv qog‘ozi keldi. Ehtimol, meni so‘z erkinligi hamda yozishmalar sirini saqlash huquqini kafolatlovchi Rossiya Konstitusiyasining 29 va 23-moddalarini himoya qilayotganim uchun gumon qilishayotgandir. O‘z aybim bilan faxrlanaman!", — deb yozdi Durov 22 aprel oqshomida o‘zining Telegram-kanalida.

Durovga bu xabarni aynan kim yuborgani ma’lum emas. U o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilgan suratga qaraganda, bu “Rossiya Pochtasi”ning buyurtma xat kelganligi haqidagi xabarnoma blankasi.

Kiritildi: Bugun 17:30. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!