Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Dunyoning eng yirik muzeyiga yangi rahbar kerak: Lorans de Kar ishdan ketdi

Dunyoning eng yirik muzeyiga yangi rahbar kerak: Lorans de Kar ishdan ketdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijning Luvr muzeyi direktori Lorans de Karning iste’foga chiqish haqidagi arizasini qabul qildi, deb yozadi "France Info".

"Lorans de Kar Emmanuel Makronga iste’fo haqida ariza topshirdi va prezident uni seshanba, 24 fevral kuni qabul qildi", — deyiladi nashrda.

Qayd etilishicha, Fransiya prezidenti ushbu qarorni "dunyoning eng yirik muzeyi xavfsizlikni ta’minlash va modernizasiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish uchun osoyishtalik hamda kuchli yangi turtkiga muhtoj bo‘lgan bir paytdagi mas’uliyatli qadam" sifatida olqishlagan.

Kiritildi: 23:39 24.02.2026. O'qildi: 244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!