Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Dunyoning eng qimmat kompaniyasi o‘zgardi

Dunyoning eng qimmat kompaniyasi o‘zgardi

Nvidia kotirovkalari rekordni yangilaganidan so‘ng, korporasiya Microsoftni ortda qoldirib, dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi.

Bosh direktor Jenseng Xuang sun’iy intellektli infratuzilmalarga talab yuqori qolishiga aksiyadorlarni ishontira oldi, Nvidia aksiyalari qiymati 4,3 foizga oshgan. Qolaversa, u kompaniyaning robototexnika yo‘nalishi ham trillionlab dollar daromad keltirishini ta’kidlagan.

25 iyun kuni bo‘lib o‘tgan savdolar yakuni bo‘yicha, Nvidia qimmatbaho qog‘ozlari qiymati 4,33 foizga yoki $154,31 gacha oshdi. Kompaniya kapitalizasiyasi 3,76 trln dollarni tashkil etmoqda, ikkinchi o‘rinda — Microsoft ($3,66 trln).

Kiritildi: 16:57 26.06.2025. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!