Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Dunyoning eng qimmat futbol klublari: «PSJ» «Real» va «Siti»ni ortda qoldirdi

Dunyoning eng qimmat futbol klublari: «PSJ» «Real» va «Siti»ni ortda qoldirdi

«PSJ» Chempionlar ligasidagi g‘alabasidan so‘ng, Transfermarkt ekspertlari parijliklar tarkibini baholashdi. Fransiya chempioni futbolchilarining umumiy qiymati 1,37 milliard yevroni tashkil etdi. «PSJ» bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida Madridning «Real» klubi joy oldi — 1,34 milliard. Kuchli uchlikni 1,32 milliard yevrolik ko‘rsatkich bilan «Manchester Siti» yakunlab berdi.

Shuningdek, tarkib qiymati bo‘yicha eng qimmat klublar beshligidan Londonning «Arsenal» (1,23 mlrd) va Kataloniyaning «Barselona» (1,17 mlrd) jamoalari ham o‘rin oldi.

O‘tgan dam olish kunlari «PSJ» Chempionlar ligasi final bahsida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida esa parijliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Kiritildi: 23:26 01.06.2026. O'qildi: 167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!