Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

Dunyoning eng qari iti 30 yoshida o‘ldi

Dunyoning eng qari iti 30 yoshida o‘ldi

Fransiyada yashagan Lazar laqabli papiyon zotli it 30 yosh 5 oyligida nobud bo‘ldi. U dunyodagi eng qari itlardan biri sifatida millionlab hayvonsevarlar e’tiborini tortgan edi.

«Papillon dog» zotiga mansub Lazar Fransiyaning Allonze-la-Kay shahridagi veterinariya klinikasida vafot etgan.

Ma’lum qilinishicha, u bir necha hafta avval ko‘p yillik egasi vafotidan keyin yangi xonadonga olib ketilgan. 29 yoshli Ofeli Budol qariya itni Ansi yaqinidagi boshpanadan asrab olgan.

Egasining aytishicha, Lazar so‘nggi damlarida uning qo‘lida tinch uxlab qolgan. Veterinarlar ham it o‘limidan oldin azob chekmaganini ta’kidlagan.

Hayvonlarni himoya qilish tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Lazarning 1995 yil 4 dekabrda tug‘ilgani mikrochip va maxsus reestr orqali tasdiqlangan.

Kiritildi: Bugun 20:38. O'qildi: 230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!