Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dunyoning eng qadimgi fotokompaniyalaridan biri qarzlar tufayli faoliyatini to‘xtatish xavfi haqida ogohlantirdi

Dunyoning eng qadimgi fotokompaniyalaridan biri qarzlar tufayli faoliyatini to‘xtatish xavfi haqida ogohlantirdi

133 yillik tarixga ega dunyodagi eng qadimiy fotokompaniyalardan biri bo‘lgan AQShning Eastman Kodak kompaniyasi qarz yuki tufayli o‘z faoliyatini davom ettirish borasida "katta noaniqlik"ni e’lon qildi.

Kompaniya o‘zining foyda va zarar hisobotida qariyb 500 million dollar miqdoridagi qarz majburiyatlariga xizmat ko‘rsatish uchun "kafolatlangan moliyalashtirish yoki mavjud likvidlik"ga ega emasligidan ogohlantirgan.

O‘zining moliyaviy ahvolini yaxshilash choralaridan biri sifatida Kodak pensiya rejasi bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatmoqchi. Shu bilan birga, kompaniya tarif cheklovlarining biznesga sezilarli ta’sirini kutmasligini ta’kidladi, chunki asosiy ishlab chiqarish - kameralar va siyohlardan tortib plyonkalargacha - AQShda joylashgan.

Eastman Kodak 1892 yilda Nyu-Yorkning Rochester shahrida tashkil etilgan. Yuz yildan ko‘proq vaqt davomida kompaniya fotoplyonka, kameralar va tegishli materiallarni ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi bo‘lib qolgan. Kompaniyaning “Siz tugmachani bosing – qolganini biz qilamiz” shiori 20-asr ommaviy suratga olish timsoliga aylandi.

1990 yillarning oxirida raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan Kodak o‘z biznes modelini qayta tiklashga ulgurmay, o‘z yetakchiligini yo‘qotdi. 2012 yilda kompaniya bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi va keng ko‘lamli qayta qurishni amalga oshirdi, uni 2013 yilda yakunladi. Shundan so‘ng u o‘z faoliyat yo‘nalishlarini diversifikasiya qilishga harakat qildi: 2018 yilda u Kodakcoin kriptovalyutasini ishga tushirishni e’lon qildi, 2020 yilda esa farmasevtika bozoriga chiqish rejalarini e’lon qildi. Ushbu sa’y-harakatlarga qaramay, Kodak o‘zining avvalgi mavqeini tiklay olmadi.

Kiritildi: 10:40 13.08.2025. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!