Dunyodagi eng yirik xalqaro aeroportlar orasida Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi Hartsfild-Jekson alohida ajralib turadi. 2024 yilda aeroport 108 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi — bu mutlaq rekord.
Atlanta eng gavjum aeroportlar reytingida yetakchilik qilishining bir necha sabablari bor. Avvalo, u AQShning 80 foiz hududiga 2-3 soatlik parvoz masofasida joylashgan. Bu yerdan dunyoning 225 ta shahriga parvoz qilish mumkin, Antarktidadan tashqari barcha qit’alarga reyslar amalga oshiriladi. Trafikning 85 foizi ichki reyslarga to‘g‘ri keladi.
Qolaversa, Atlantada dunyodagi eng uzun o‘tish tizimi mavjud. Avtomatik yuk tashish tizimining 100 km konveyerda soatiga 60 mingta jomadon saralanadi. Yo‘lovchilar SkyTrain (tezyurar poyezd) orqali terminallar o‘rtasida harakatlanishadi.
Dubay aeroporti
Eng gavjum aeroportlar reytingida ikkinchi o‘rinda — Dubay aeroporti (yiliga — 92,3 mln yo‘lovchi), undan keyin AQShning Dallas/Fort-Uert (85 mln yo‘lovchi), Tokioning Haneda, Londonning Hitrou aeroportlari joylashdi. Gonkong aeroporti esa yuk tashishlar bo‘yicha yetakchi (yiliga 5 mln tonna yuk tashilgan).