Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Dunyoning eng boy odami nomi o‘zgardi

Dunyoning eng boy odami nomi o‘zgardi

Bloomberg nashri Ellisonning boyligini 393 milliard dollarga, Maskning boyligini esa 385 milliard dollarga baholamoqda. Ellison keskin tarzda ko‘tarildi, chunki kapitalining bir kunlik o‘sishi 101 milliard dollarni tashkil etdi - bu Bloomberg reytingi tarixidagi eng katta o‘sishdir.

Agentlik reytingida Mask deyarli bir yil davomida birinchi o‘rinda turdi. U birinchi marta 2021 yilda ushbu pog‘onaga chiqqan, biroq keyin Amazon asoschisi Jeff Bezos va LVMH asoschisi Bernar Arnoga boy bergan. Hozir ular mos ravishda to‘rtinchi va sakkizinchi o‘rinlarni egallab turibdi.

Iyul oyidan beri Ellison Bloomberg reytingida Meta rahbari Mark Sukerbergni ortda qoldirib, ikkinchi o‘rinni egallab kelayotgan edi.

Forbes nashri ham Ellisonning boyligi o‘sganini qayd etdi (taxminan 102 milliard dollar yoki umumiy boyligining deyarli 35 foizi), uning umumiy kapitali esa 395 milliard dollarga baholangan. Ammo Mask Forbes reytingida hali ham 437 milliard dollar boyligi bilan birinchi o‘rinda turibdi.

Ellison 81 yoshda. U 1977 yilda Bob Mayner va Ed Outs bilan Oracle kompaniyasiga asos solgan. Milliarder Oracle bosh direktori lavozimini 2014 yil sentyabrida kompaniyani 37 yil boshqarganidan so‘ng tark etdi va direktorlar kengashi raisi va texnik direktor bo‘ldi. U Oracle aksiyalarining 40 foizdan ortig‘iga egalik qiladi.

Shuningdek, u Paramount Skydance kompaniyasining taxminan 50 foiziga egalik qiladi. 2018-2022 yillarda u Tesla direktorlar kengashi a’zosi bo‘lgan, hozirda ham kompaniya aksiyalariga egalik qiladi.

Bloomberg nashriga ko‘ra, sun’iy intellekt rivojlanishi fonida bulutli infratuzilmaga sarmoya kiritish Oracle’ga gullab-yashnash imkonini bergan.

Ellison azaldan respublikachini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kiritildi: 22:59 10.09.2025. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!